
Mashhur xonanda Sevinch Mo'minova yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.
Xonandaning yozishicha, avtohalokat oqibatida u bosh qismidan jarohat olgan. Shifokorlar tomonidan tezkor tibbiy yordam ko‘rsatilgan va u bir kun shifoxonada kuzatuv ostida bo‘lgan. Zarur muolajalardan so‘ng Sevinch uyga javob berilgan.
Hozirda xonandaning ahvoli qoniqarli ekani, sog‘lig‘i barqaror holatda ekanligi aytilmoqda. U muxlislariga ko‘rsatgan e’tibor va qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorlik bildirgan.
Sevimli san’atkorimizga tezroq sog‘ayib, sahnaga sog‘-salomat qaytishini tilaymiz.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Sevinch Mo'minova avariyaga uchradi
Sevinch Mo‘minova ismini kim qo‘ygani va qanday tanlanganini ma'lum qildi
Sevinch Mo‘minovadan kutilgan premyera: “Sevasanmi” tinglovchilar e’tiborida! (video)
Fabio Kannavaro futboli haqida 5 mulohaza
Bondi-Bich fojeasida hujumchidan qurolni tortib olgan qahramon - Ahmad al-Ahmad