15:14 / 22.12.2025
1 366

Xonanda Sevinch Mo'minova avariyaga uchradi

Mashhur xonanda Sevinch Mo'minova yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.

Xonandaning yozishicha, avtohalokat oqibatida u bosh qismidan jarohat olgan. Shifokorlar tomonidan tezkor tibbiy yordam ko‘rsatilgan va u bir kun shifoxonada kuzatuv ostida bo‘lgan. Zarur muolajalardan so‘ng Sevinch uyga javob berilgan.

Hozirda xonandaning ahvoli qoniqarli ekani, sog‘lig‘i barqaror holatda ekanligi aytilmoqda. U muxlislariga ko‘rsatgan e’tibor va qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorlik bildirgan.

Sevimli san’atkorimizga tezroq sog‘ayib, sahnaga sog‘-salomat qaytishini tilaymiz.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing