
2025-yil 20-noyabr kuni Kristofer Nolan tomonidan suratga olinayotgan «Odissiya» filmi haqida yangi kadrlar e'lon qilindi. Ushbu film qadimgi yunon eposiga asoslangan.
Suratlarda Robert Pattinson va Zendaya ko‘rinish bergan bo‘lib, ular mos ravishda Antinoi va ma'buda Afina rollarini ijro etishmoqda. Troyaning devorlari yonida joy olgan besh daqiqalik prolog sahnasi ko‘rilgan bo‘lib, uni tahlilchilar «shiddatli jang sahnasi» deb ta'riflashdi.
Bu epizodda Troya oti va Odisseyning shahar darvozasini ochish uchun olib borgan jangi ko‘rsatilgan. Bu esa asosiy voqealar oldidan tomoshabinlarga bir «kirish qismi» sifatida xizmat qilishi ma'lum qilingan.
Filmda Odissey rolini Mett Deymon, uning rafiqasi Penelopa rolini esa Enn Xeteuey ijro etmoqda. Kartinaning byudjeti 250 million dollarni tashkil etadi.
Premyera sanasi esa 2026-yil 17-iyulga belgilangan.
Kristofer Nolan, Yunon Eposi, Robert Pattinson, Shiddatli Jang, Mett Deymon
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kristofer Nolan yangi “The Odyssey” filmi uchun ikki million fut kino tasma ishlatdi
“Janob hech kim” aktyorlari 17 yilda qanday o‘zgardi? Ular bugun qayerda?
Minecraft tarixdagi eng ko‘p sotilgan o‘yin bo‘ldi
Fabio Kannavaro futboli haqida 5 mulohaza
Davlat bayrog‘i — xalq tarixi va istiqboli ramzi