19:23 / 23.12.2025
2 190

«Uyda yolg‘iz» 35 yilligi: shirin xamirdan ulkan uy qurildi

Uyda yolg‘iz filmining 35 yilligi munosabati bilan Disney+ Los-Anjelesda kino tarixidagi eng mashhur uylardan biriga g‘ayrioddiy ehtirom ko‘rsatdi. Kompaniya shirin xamir — gingerbread'dan to‘liq yasalgan ulkan uy barpo etib, jahon rekordini qayd etdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu inshootning balandligi 8 metr, uzunligi esa 18 metrni tashkil etadi. Muz bilan qoplangan shirin uy rasman Ginnes rekordlar kitobiga tarixdagi eng katta gingerbread uy sifatida kiritildi.

Disney+ rahbariyati loyihani bayramona kayfiyat va oilaviy an’analar ramzi sifatida baholadi. Uyni barpo etishda tonna-tonna un, minglab tuxum, maxsus shirin “g‘isht”lar, yeyiladigan yelim va shakarli fondant ishlatilgan.

Qiziq tomoni, tashrif buyuruvchilar filmda mashhur bo‘lgan “A Lovely Cheese Pizza”ni ham tatib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Qisqasi, bolalik xotiralari yana bir bor shirin ta’m bilan jonlandi.


Disney kompaniyasi, Los-Anjeles, Kino tarixi, Ginnes rekordlari, Shirin uy
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing