16:00 / 16.11.2025
4 830

Sichqon uchun “operatsiya”: Dilorom va Begzod Abdualimovlarning kulgili videosi

Bugungi kunni kulgu bilan o‘tkazmoqchi bo‘lganlar uchun Dilorom Abdualimova va uning turmush o‘rtog‘i Begzod Abdualimovdan ajoyib video — ular Instagram sahifasiga joylagan kulgili rolik ko‘pchilikning kayfiyatini ko‘tardi.

Videoda Dilorom hayajon bilan erini chaqirib, “Sichqon tutvoldim!” deydi. Keyin esa sipohina tarzda: “Uni olish uchun biror narsa olib keling,” deb yuboradi. Begzod esa karton qog‘ozni ko‘tarib keladi va chelak ostiga ehtiyotkorlik bilan surib, sichqonni asta-sekin ko‘tarib oladi.

Dilorom esa eriga: “Padezga olib chiqib qo‘yib yuboring,” deydi. Begzod ayoli aytganidek sichqonni ozod qilish uchun ko‘tarilgancha padezga chiqadi… va keyingi lahzada nima bo‘lganini esa siz videodan o‘zingiz ko‘rib bilasiz.

Kulgu, hayrat va kutilmagan final — hammasi shu videoda!


Dilorom Abdualimova, Begzod Abdualimov, Kulgili Video, Instagram Rolik, Kutilmagan Final
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing