Feruza Normatova ko‘z yosh bilan murojaat qildi: “Aybim — erim meni sevib uylanganimi?”

Aktrisa Feruza Normatova ijtimoiy tarmoqlarda yuragini larzaga solgan hissiy murojaat bilan chiqdi. U o‘ziga nisbatan bildirilgan tuhmat va tanqidlardan chuqur ranjiganini ochiq bayon qildi.
“Doim faqat Allohga ko‘z yoshlarimni ko‘rsatib keldim. Bugun esa yuragimni qattiq og‘ritishdi. Men ularga nima yomonlik qildim? Mening aybim — erim meni sevib uylanganimi? Yoki men uni sevib turmushga chiqqanimmi?”, — deya yozdi aktrisa o‘z postida.
Feruza Normatova tanqidchilarning so‘zlari uni ranjitganini yashirmadi. U o‘z fikrining davomida shunday deydi:
“Hamma tuhmat qilganlarga Robbim hakam bo‘lsin. Menga qilgan tuhmatlari o‘z boshlariga qaytmasin, Alloh asrasin. Qaytar dunyo bu.”
Aktrisaning bu murojaati qisqa fursatda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ko‘plab muxlislar uni qo‘llab-quvvatlab, mehr va sabr tilovchi izohlar yozishdi.