Toshkentda Malibu avtomobil yuvish shoxobchasidan olib qochildi (video)

Toshkentda avtomobil egasi avtomobil yuvish shoxobchasida qo‘yib ketgan mashinaning o‘g‘irlanganini aniqladi. Poytaxt IIBB axborot xizmatiga ko‘ra, fuqaro Shayxontohur tumanidagi Olmazor mahallasidagi avtomobil yuvish shoxobchasida mashinasini yuvdirish uchun qoldirib ketgan. Ertalab mashinasini olishga borganda, uning yo‘qligini ko‘rgan.
Mashina egasining so‘zlariga ko‘ra, doim ushbu “moyka”da avtomobilni yuvdirar edi. Mashinasini topa olmaganidan so‘ng, u “102”ga xabar bergan. Shuningdek, tezkor tergov ishlari olib borilib, jinoyat shoxobcha ishchisi Ilhom ismli shaxs tomonidan sodir etilgani aniqlangan.
Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tezkor tadbirlar olib borilib, Malibu avtomobili Chilonzor tumani hududida yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan topildi.
Gumonlanuvchi Ilhom o‘z ishi uchun pushaymon ekanini va “birovning mashinasini olib haydash jinoyat ekanini bilmasdim” deb ta’kidladi. Qilingan ishga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Olmazor mahallasi, Jinoyat ishi, Malibu avtomobili