18:09 / 13.12.2025
2 139

Chelsi Kees Smitni sotib olishni rejalashtirmoqda


19 yoshli "AZ Alkmaar" yarim himoyachisi Kees Smit Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkin. Goal.com portalining xabariga ko‘ra, Londonning "Chelsi" klubi yosh va istiqbolli futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shishni istamoqda.

Manbaning qayd etishicha, "Chelsi" rahbariyati ushbu transferni kelasi yilning yozida amalga oshirishga harakat qiladi. Kees Smitning transfer bahosi 22 million yevroni tashkil etadi.

Futbolchi amaldagi shartnoma bo‘yicha Niderlandiya klubi bilan 2028 yilning o‘rtalarigacha bog‘langan. 2025/2026 yilgi mavsumda yarim himoyachi 25 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 5 ta golli pas bergan.

Kees Smit, AZ Alkmaar, Chelsi klubi, Niderlandiya klubi, Transfer bahosi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing