18:00 / 12.12.2025
64 053

Elektron retseptlar bo‘yicha shikoyatlarga javob beriladi


Sog‘liqni saqlash vazirligi elektron retsept tizimi joriy etilishi bo‘yicha fuqarolar va tibbiyot xodimlarining murojaatlarini o‘rganmoqda. Vazirlik barcha taklif va mulohazalarni tezkorlik bilan hamda har tomonlama ko‘rib chiqayotganini ta’kidladi.

Matbuot xizmati yaqin vaqt ichida «Elektron retsept» tizimi yuzasidan jamoatchilikka savollarga javob berilishini bildirdi. Elektron retsept joriy etilgach, Toshkent shahrida dorilarni xarid qilishda muammolar yuzaga keldi.

Internetda poytaxt aholisi retseptsiz dorilarni sotib olishning imkoni yo‘qligidan shikoyat qilmoqda — ochiq savdoda faqat vitaminlar va biologik faol qo‘shimchalar qolgani aytilayapti. Shuningdek, aholi elektron retsept olish zarurati sababli poliklinikalarda bemorlar oqimi ortishidan xavotirda.

Toshkent shifokorlari hamjamiyatining ma’muri, infeksionist va immunolog Azizaxon Xo‘jayeva vaziyat bo‘yicha fikr bildirdi. Unga ko‘ra, shifokorlar tizimga kira olmagan, ba’zi dorixonalarda esa yozilgan preparatlar noto‘g‘ri aks ettirilgan.

«Hamma tafsilotlarni mukammal ishlang, shundan keyin talab qiling! Haqiqiy retseptga muhtoj dorilarni kiriting, hamma narsani emas», — deya ta’kidladi Xo‘jayeva.


Sog‘liqni saqlash, Elektron retsept, Toshkent shahri, Dorilar savdosi, Azizaxon Xo‘jayeva
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing