10:22 / 10.12.2025
170 022

Veterinariya qo‘mitasi sobiq rahbari Ahangaron hokimi bo‘ldi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bahromjon Norkobilovni Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi rahbari lavozimidan ozod qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. U Toshkent viloyati Ahangaron tumani hokimi etib tayinlandi.

Bahromjon Norkobilovdan oldin Ahangaron tumani hokimi lavozimida Doniyor Madirimov faoliyat yuritgan. U 2024-yil may oyidan boshlab joriy yilning dekabr oyiga qadar ushbu lavozimda ishlagan.

Bahromjon Norkobilov 1973-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. U Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan.

Veterinariya qo‘mitasini Norkobilov 2017-yildan 2025-yil dekabr oyigacha boshqargan.


Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti, Bahromjon Norkobilov, Ahangaron tumani, Qashqadaryo viloyati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing