18:06 / 04.12.2025
228 182

Namanganda 1 kg oltinning noqonuniy olib kirilishi aniqlandi

Namanganda Davlat xavfsizlik xizmati, Chegara qo‘shinlari va DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qirg‘izistondan noqonuniy olib kirilgan 1 kilogrammdan ortiq oltin musodara qilindi. Oltinning umumiy qiymati 1,1 milliard so‘mni tashkil etgan.

Tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, Kosonsoy tumanida yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan shaxs, tog‘asi bilan birgalikda davlat chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tib, Qirg‘izistondan 1 kilogramm 168 gramm oltin olib kirgan.

Tadbir davomida ushbu shaxslar oltinni boshqa qarindoshga yetkazib berish vaqtida ushlandi. Ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari davom etmoqda.


Davlat Xavfsizlik, Chegara Qo‘shinlari, Noqonuniy Oltin, Kosonsoy Tumani, Jinoiy Ish
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing