15:51 / 20.11.2025
531 868

Farrux Pulatov Soliq qo‘mitasi raisi bo‘ldi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qaroriga ko‘ra, Farrux Pulatov Soliq qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. U ushbu lavozimga tayinlanishidan avval Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligiga rahbarlik qilgan.

Avval Soliq qo‘mitasi raisi bo‘lgan Sherzod Qudbiyev esa Barqaror rivojlanish, shaharsozlik va uy-joy bozori milliy qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi. Ushbu qo‘mitaning tashkil etilishi to‘g‘risidagi farmonni davlat rahbari imzolagan.

Yangilik to‘ldirilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi, Soliq Qo‘mitasi, Kadastr Agentligi, Barqaror Rivojlanish, Davlat Rahbari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing