10:09 / 18.12.2025
10 100
Andrey Lunin Real futbolchilarining Xabi Alonsoga munosabatini aytdi

Madridning «Real» klubi darvozaboni Andrey Lunin jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonsoga bo'lgan munosabat haqida fikr bildirdi. Ispaniyalik mutaxassis so'nggi haftalarda iste'foga chiqarilishi mumkinligi haqida gap-so'zlar fonida ishlamoqda, biroq hozircha u jamoada qolayotganga o'xshaydi.
Chorshanba kuni «Real» Ispaniya Kubogida «Talavera»ni 3:2 hisobida mag'lub etdi. Ushbu bahsda Lunin «qaymoqranglilar» safida asosiy tarkibda maydonga tushdi.
«So'nggi daqiqalardagi seyvlarim Xabini iste'fodan “qutqardimi”? Men bunday yo'sinda o'ylamayman — shunchaki o'z ishimni qilaman.
Biz murabbiyga to'liq ishonamiz, uning borasida menda hech qanday shubha yo'q. Alonso — klub afsonasi, u juda katta hurmatga ega.
Endi faqat uning g'oyalari va o'yin uslubiga moslashib olishimiz kerak», — deya 26 yoshli darvozabonning so'zlarini Madrid Zone keltirdi. «Real» shanba kuni La Ligada «Sevilya»ga qarshi maydonga tushadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xabi Alonso «Real»da uch uchrashuvda o'zini oqlashi kerak
Fabio Kannavaro futboli haqida 5 mulohaza
Alonsoga so‘nggi imkon: "Real"da Zidan va Klopp variantlari!
Xabi Alonso "Talavera"ga qarshi bahsdan so‘ng nimalar dedi?
Ispaniya kubogida sensatsiyalar: «Real» qutildi, favoritlar esa yiqildi (video)