
17-noyabr kuni Toshkentning Olmazor tumanidagi "Nihol" mahallasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligiga shoshilinch chaqiruv kelib tushdi. Qurilayotgan xonadonlarning birida yigit og‘ir beton plitalar orasida qisilib qolgan edi.
Qutqaruvchilar voqea joyiga, Diyor ko‘chasiga, tezkor yetib borib, maxsus uskunalar yordamida jabrlanuvchini qutqarib olishdi. Tezkor va muvofiqlashtirilgan harakatlar tufayli yigitning hayoti saqlab qolindi.
Qutqarilgan fuqaro darhol tibbiyot xodimlariga topshirilib, zaruriy yordam ko‘rsatildi.
Toshkent Shahrida, Favqulodda Vaziyat, Nihol Mahallasi, Diyor Ko'chasi, Qutqaruv Amaliyoti
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing