12:50 / 17.11.2025
5 966

Samarqandda halokat: bir kishi halok bo‘ldi


Samarqand shahrida 15-noyabr kuni soat taxminan 14:05 da Nodirabegim va Cholpon ko‘chalari kesishmasida o‘lim bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Samarqand shahar IIB ma'lumotiga ko‘ra, Damas-2 avtomobili haydovchisi chapga burilayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Onix avtomobiliga yo‘l bermagan va qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan, natijada ikki mashina to‘qnashgan.

To‘qnashuv oqibatida Damas-2 avtomobilidagi ikki yo‘lovchi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yetkazilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, jarohatlanganlardan biri vafot etgan.

Holat yuzasidan Samarqand shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Samarqand Shahri, Yo'l Transport, Nodirabegim Ko'chasi, Og'ir Jarohat, Jinoyat Ishi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing