12:04 / 16.11.2025
4 026

Toshkentdagi uyda yong‘in chiqdi — olov 17 daqiqada bartaraf etildi

15-noyabr kuni, Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani, Yakkasaroy 1-tor ko‘chasida joylashgan xonadonlardan birida yong‘in yuz berdi, deb xabar berdi Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati.

FVB ma’lumotiga ko‘ra, hodisa haqida xabar soat 16:44 da kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv texnikalari 16:55 da voqea joyiga yetib borib, olov 17:06 da qurshab olingan va 17:11 da to‘liq o‘chirilgan.

Rasmiy xabarda ta’kidlanishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda mutaxassislar tomonidan yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

FVB fuqarolarga yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish, ayniqsa sovuq mavsumda isitish moslamalaridan foydalanishda ehtiyot bo‘lishni eslatib o‘tdi.


Toshkent Shahri, Yakkasaroy Tumani, Yong‘in Hodisasi, Favqulodda Vaziyatlar, Yong‘in Sabablari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing