
Isroilning mudofaa vaziri Israel Katsning qat’iy bayonoti xalqaro maydonda yana bir bor tortishuvlarga sabab bo‘ldi. Uning ta’kidlashicha, Falastin davlatini barpo etishga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi va kelajakda G‘azo butunlay qurolsiz holga keltirilishi shart. Kas buni Isroil xavfsizligi uchun asosiy omil sifatida ko‘rsatdi.
Vazirning fikricha, Falastin davlatining paydo bo‘lishi Isroilga «doimiy xavf» tug‘diradi. Shu bois, G‘azoda harbiy salohiyat to‘liq yo‘q qilinishi, hudud esa Isroil tomonidan belgilangan xavfsizlik mexanizmlari orqali nazorat qilinishi lozim.
Ushbu bayonot AQSH va Yevropa Ittifoqi diplomatlari orasida jiddiy muhokamalarni keltirib chiqardi. G‘arbdagi ko‘plab rasmiylar ikki davlatli yechimni yagona barqaror siyosiy yo‘l sifatida qo‘llab-quvvatlayotgani ma’lum.
Shu bilan birga, Isroil amaldorlari hozirgi sharoitda xavfsizlikni birinchi o‘ringa qo‘yish zarurligini ta’kidlab, o‘z pozitsiyalarida qat’iy turishmoqda.