16:50 / 09.12.2025
125 268

AQSh dollari kursi 12 000 so‘mdan oshdi


O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 10-dekabr holatiga AQSh dollari kursi 13,09 so‘mga oshib, 12 003,18 so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, yevro kursi 12,86 so‘mga oshib, 13 987,31 so‘mga yetdi.

Rossiya rublining qiymati esa 1,27 so‘mga pasayib, 156,68 so‘mni tashkil etdi. Soat 16:30 holatiga tijorat banklari dollarni 11 960 so‘mdan sotib olib, 12 010 so‘mdan sotmoqda.

Yevro esa 13 905 so‘mdan sotib olinib, 14 020 so‘mdan sotilmoqda. Rubl esa 148 so‘mdan sotib olinib, 158 so‘mdan sotilmoqda.


O‘zbekiston Markaziy banki, AQSh dollari, Yevro kursi, Rossiya rubli, Tijorat banklari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing