
2025 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston byudjetiga tushgan soliqlar yillik hisobda 17,4 foizga oshdi. Bu haqda Markaziy iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan e'lon qilingan biznes faolligi statistikasi ko‘rsatmoqda.
Soliq tushumlarining eng sezilarli o‘sishi Navoiy, Toshkent, Sirdaryo viloyatlari hamda poytaxtda qayd etildi — o‘rtacha o‘sish ko‘rsatkichi 40 foizni tashkil etdi. Shuningdek, mamlakatda bojxona to‘lovlari ham yillik hisobda 20 foizga oshdi.
Bu borada eng katta o‘sish Sirdaryo viloyatida (81 foiz) va Qoraqalpog‘istonda (43 foiz) kuzatilgan. Markaz tashqi savdo ko‘rsatkichlariga ham e'tibor qaratdi — bir yil ichida bu sohada o‘sish 14,3 foizni tashkil etdi.
Eksport bo‘yicha yetakchi hududlar Surxondaryo (80 foiz) va Samarqand (39 foiz) viloyatlari bo‘ldi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda birja faolligi yillik hisobda 23,4 foizga o‘sdi.
Hududiy faollik bo‘yicha esa Qoraqalpog‘iston va Qashqadaryo yetakchilik qilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing