
Yaponiya Xitoy hukumatining sovuq munosabati tufayli pandalaridan mahrum bo‘ladi, deb xabar beradi Kyodo axborot agentligi. Oxirgi ikki panda kelasi yil boshida o‘z vataniga qaytariladi.
Panda Xitoyning ramzi va milliy boyligi hisoblanadi. Ushbu hayvonlar Pekin tomonidan dunyoning hayvonot bog‘lariga ijaraga beriladi.
Kyodo agentligi ma’lum qilishicha, qaytarilayotgan pandalar Yaponiyada tug‘ilgan bo‘lishiga qaramay, ular Xitoy davlatiga tegishli hisoblanadi. Pekin pandalarni birinchi marta 1972 yilda, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish ramzi sifatida Yaponiyaga yuborgan edi.
Kyodo qayd etishicha, ushbu hayvonlar yapon xalqining mehrini qozonib, turistik diqqatga sazovor joylarga aylangan. Eslatib o‘tamiz, Tokio va Pekin o‘rtasidagi munosabatlar Yaponiya bosh vaziri Sane Takaichining Xitoyning Tayvanga hujumi Yaponiyani mojaroga aralashishga undashi mumkinligi haqidagi bayonotidan keyin keskinlashdi.
Vaziyatni yanada murakkablashtirgan holat esa Osakadagi Xitoy konsulining Takaichini "kesilishi kerak bo‘lgan iflos bo‘yin" deb atagan bayonoti bo‘ldi.
Yaponiya Xitoy, Kyodo agentligi, Milliy boylik, Hayvonot bog'lari, Turistik joylar