12:25 / 18.11.2025
1 208

Niderlandiya Litvani yirik hisobda magʻlub etdi


2026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichining soʻnggi oʻyinida Niderlandiya terma jamoasi Litvani 4:0 hisobida yirik magʻlubiyatga uchratdi. "Toʻq sariqlar" bosh murabbiyi Ronald Kuman oʻyindan keyin jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

"Biz birinchi daqiqadan to oxirigacha gol urishga intildik. Tanaffusgacha raqib darvozasiga ikki-uch marotaba toʻp kiritishimiz kerak edi.

Raqib darvozasi oldida koʻplab imkoniyatlar yaratdik. Umuman olganda, jamoa yaxshi oʻyin oʻtkazdi", – dedi Kuman Ziggo nashriga bergan intervyusida.

Niderlandiya oʻz guruhida birinchi oʻrinni egallab, 2026-yilgi Jahon chempionatiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing