15:55 / 17.11.2025
1 567

Bangladeshda ag‘darilgan bosh vazirga o‘lim hukmi chiqdi

Bangladesh sudi mamlakatning sobiq bosh vaziri Sheyx Xasinaga insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etgani uchun o‘lim jazosini belgiladi.

Aytilishicha, u va uning yaqin hamkorlari 2024 yilda yurt bo‘ylab avj olgan ommaviy norozilik namoyishlarini keskin kuch bilan bostirishda aybdor deb topilgan. Mazkur tartibsizliklar keyinchalik inqilobga aylangan edi.

Sheyx Xasina 15 yillik avtoritar boshqaruvdan so‘ng mamlakat siyosiy inqiroz girdobiga tushgan. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, uning davrida bo‘lgan qatag‘onlarda taxminan 1400 nafar fuqaro halok bo‘lgan.

Sud jarayoni bir necha oy davom etgan bo‘lib, masofadan berilgan ko‘plab guvohliklar tinglangan. Guvohlarning bayonotiga ko‘ra, u norozi fuqarolarni ommaviy ravishda yo‘q qilish buyruqlarini bergani aytilgan.

Ag‘darilgandan keyin Sheyx Xasina Hindistonda panoh topgan va barcha ayblovlarni rad etmoqda.


Bangladesh Sudi, Sheyx Xasina, Insoniyat Jinoyatlari, Siyosiy Inqiroz, Ommaviy Norozilik
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing