17:47 / 16.11.2025
2 440

O‘zbekiston bo‘ylab hunarmandlar soni qanchaligi ma’lum bo‘ldi


O‘zbekiston bo‘ylab hunarmandlar soni 22 mingdan ortiq ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil 1 oktyabr holatiga, mamlakatda faoliyat yuritayotgan hunarmandlar soni 22 100 nafarni tashkil etgan.

Hududlar bo‘yicha tahlilga ko‘ra, eng ko‘p hunarmandlar Toshkent shahrida — 2 964 ta, Farg‘ona viloyatida — 2 743 ta va Samarqand viloyatida — 2 179 ta faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, Andijon viloyatida — 2 058 ta, Namanganda — 2 024 ta, Xorazmda — 1 982 ta, Toshkent viloyatida — 1 731 ta, Buxoroda — 1 434 ta, Qashqadaryoda — 1 427 ta hunarmand qayd etilgan.

Hunarmandlar soni nisbatan kamroq bo‘lgan hududlar quyidagicha:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 981 ta, Jizzax — 923 ta, Surxondaryo — 786 ta, Sirdaryo — 449 ta va Navoiy viloyati — 419 ta.


Hunarmandlar Soni, Milliy Statistika, Toshkent Shahri, Farg‘ona Viloyati, Samarqand Viloyati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing