19:14 / 23.12.2025
2 287

AQSh iqtisodiyoti so‘nggi ikki yildagi eng tez sur’atda o‘sdi

AQSh iqtisodiyoti 2025 yilning sentyabr oyigacha bo‘lgan uch oyda sezilarli darajada tezlashdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat iqtisodiyoti yiliga 4,3 foiz sur’atda o‘sdi. Bu ko‘rsatkich avvalgi chorakdagi 3,8 foizdan yuqori bo‘lib, kutilgan natijalardan ham oshdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, o‘sishga asosan aholining xaridlari ko‘paygani va eksport hajmining oshgani sabab bo‘lgan. Hisobotda iste’mol xarajatlari 3,5 foizga oshgani qayd etildi. Bu oldingi chorakda qayd etilgan 2,5 foizlik o‘sishdan ancha yuqori.

Mazkur raqamlar yil yakuniga yaqinlashar ekan, AQSh iqtisodiyotining umumiy holatini yanada aniqroq ko‘rsatib bermoqda. Oldinroq ayrim iqtisodiy ma’lumotlar hukumat faoliyatining vaqtincha to‘xtashi sababli kechiktirib e’lon qilingan edi.

Tahlilchilarga ko‘ra, kuchli ichki talab va tashqi savdoning faollashuvi iqtisodiy barqarorlikni saqlab turishga xizmat qilmoqda. Bu holat yaqin oylar davomida ham iqtisodiy o‘sish uchun muhim omil bo‘lib qolishi mumkin.


AQSh iqtisodiyoti, Iqtisodiy o‘sish, Iste’mol xarajatlari, Tashqi savdo, Iqtisodiy barqarorlik
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing