21:36 / 14.12.2025
7 411

Toshkentda yo‘l haqini to‘lamay yurganlar keskin ko‘paydi

Toshkent jamoat transportida to‘lov intizomi bo‘yicha olib borilayotgan kuchaytirilgan reydlar atigi 10 kun ichida salkam 3 ming qoidabuzarni aniqladi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, avtobus, metrobus va boshqa yo‘nalishlarda maxsus inspektorlar kundalik tekshiruvlar o‘tkazib, yo‘l haqini qasddan to‘lamasdan harakatlangan fuqarolarga nisbatan ma’muriy chora ko‘rilgan.

Vazirlik aholini belgilangan tartibga rioya qilishga chaqirib, yo‘l haqini o‘z vaqtida amalga oshirish jamoat transporti barqarorligi va xizmat sifati uchun juda muhim ekanini qayd etdi. Reydlar yaqin kunlarda ham davom ettiriladi.


Toshkent jamoat transporti, Transport vazirligi, To'lov intizomi, Ma'muriy chora, Xizmat sifati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing