
«Lion» madridlik «Real»dan braziliyalik hujumchi Endrikni ijaraga olish bo‘yicha kelishuvni yakunladi. Fabrizio Romano xabariga ko‘ra, 19 yoshli futbolchi 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha fransuz jamoasida o‘ynaydi, uning maoshi esa klublar o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Shuningdek, «Lion»da hujumchini sotib olish opsiyasi bo‘lmaydi. Ijara muddati tugagach, u «Real»ga qaytadi.
2025/2026 yilgi mavsumda Endrik atigi uchta o‘yinda maydonga tushdi va samarali harakatlar bilan ajralib chiqmadi. Shunga qaramay, madridliklar bosh murabbiyi Xabi Alonso u maydonga tushgan paytlarda braziliyalik futbolchini maqtagan.
Endrikning transfer qiymati 25 mln yevroni tashkil etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing