
«Dinamo»ning sobiq darvozaboni Anton Shunin Matvey Safonovning keyingi istiqbollarini baholadi. Rossiyalik futbolchi bu mavsumda PSJ safida yaqinda o‘ynay boshladi va Qit’alararo kubok finalida porladi: o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida to‘rtta zarbani qaytardi.
Biroq o‘sha uchrashuvda Safonov jarohat oldi va taxminan bir oy maydonga tusha olmaydi. Shuninning so‘zlariga ko‘ra, Safonov dunyodagi eng yaxshi darvozabonlar bilan raqobatlasha olishga tayyor ekanini ko‘rsatdi.
«Dinamo»ning sobiq futbolchisi Safonov PSJning asosiy darvozaboniga aylanishi mumkin, deb hisoblaydi. «Matveyga imkon berishyapti — u undan foydalanmoqda.
Safonov — iste’dodli futbolchi. Agar u bundan keyin ham bu sinovlarni uddalasa, dunyoning eng yaxshi jamoalaridan birida asosiy darvozabon bo‘lish imkoniyati paydo bo‘ladi», — deya Shuninning so‘zlarini «Match TV» keltiradi.
Matvey Safonov 2024 yil yozida «Krasnodar»dan PSJga ko‘chib o‘tdi. Matbuotda parijliklar rossiyalik futbolchining transferi uchun 20 million yevro to‘lagani haqida yozilgan.
Matvey Safonov, PSJ klubi, Rossiyalik futbolchi, Qit’alararo kubok, Eng yaxshi darvozabonlar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar