01:29 / 23.12.2025
2 031

Zirkzee "Roma" loyihasidan taassurot oldi, muzokaralar davom etmoqda


Hujumchi Joshua Zirkzee bu qishda "Manchester Yunayted"dan "Roma"ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Mashhur insayder Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlarda Zirkzee rimliklar taqdim etgan loyihadan taassurot olganini ma’lum qildi.

"Bo‘rilar" futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda va muzokaralar davom etmoqda. Biroq transfer bo‘yicha hozircha qaror qabul qilinmagan, chunki "Manchester Yunayted" hozircha bunga rozilik bermagan.

Qayd etilishicha, Zirkzee bo‘yicha so‘rovlarni faqat "Roma" emas, boshqa klublar ham yuborgan. Transfermarkt portali 24 yoshli Joshua Zirkzeeni 25 million yevroga baholamoqda.

Joshua Zirkzee, Manchester Yunayted, Florian Plettenberg, Roma klubi, Transfer narxi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing