00:34 / 23.12.2025
2 064

“Liverpul” muxlisi irqchilik ishi bo‘yicha aybini tan olmadi


“Liverpul” muxlisi “Bornmut” yarim himoyachisi Entoni Semenyo manziliga aytilgan irqchilik haqoratlari bo‘yicha ayblanmoqda, biroq u o‘z aybini tan olmadi. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.

Hodisa avgust oyida APLning 1-turida “Liverpul” va “Bornmut” o‘rtasidagi (2:4) uchrashuv vaqtida yuz bergan. O‘yin davomida Semenyo tribunadan yangragan irqchilik qichqiriqlariga duch kelgan, shu sababli hakam uchrashuvni vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘lgan.

Xabarlarga ko‘ra, haqoratlar nogironlar aravachasida bo‘lgan 47 yoshli “qizillar” muxlisidan chiqqan. U “Enfild” stadionidan chiqarib yuborilgan.

Keyinroq erkak politsiya tomonidan hibsga olingan, biroq keyinchalik garov evaziga qo‘yib yuborilgan. Unga futbol stadionlariga borish taqiqlangan.

Sud majlisida ayblanuvchi faqat shaxsiy ma’lumotlarini tasdiqlagan va qo‘yilgan ayblovlarni tan olmasligini bildirgan. Ish bo‘yicha navbatdagi ko‘rib chiqish kelasi yil 22 aprelga belgilangan.

Liverpul klubi, Bornmut jamoasi, Entoni Semenyo, Irqchilik haqoratlari, APL uchrashuvi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing