04:38 / 22.12.2025
3 751
Stiven Jerrard Arne Slotning «Liverpul»dagi ishini baholadi

«Liverpul»ning afsonaviy sobiq sardori Stiven Jerrard jamoa bosh murabbiyi Arne Slot faoliyati haqida fikr bildirdi. «Qizillar» joriy mavsumning birinchi yarmida barqaror o'yin ko'rsata olmadi, biroq so'nggi uchrashuvlarda natijalar yaxshilandi: ketma-ket uch o'yinda uch g'alaba qayd etildi.
«Men Slotning ishdan ketishini xohlamayman. Umid qilamanki, u vaziyatni to'g'rilaydi, hammasini yaxshilik tomonga o'zgartiradi va “Liverpul”ni yana buyuk jamoaga aylantiradi.
Yarim yil avval jamoa chempion bo'lganida, men butun shahar bo'ylab quvonib yurgandim», — deya Jerrardning so'zlarini ingliz OAV keltirmoqda. 17 turdan so'ng mersisaydliklar APL turnir jadvalida 29 ochko bilan beshinchi o'rinda bormoqda.
27 dekabr kuni Arne Slot jamoasi o'z maydonida «Vulverhempton»ni qabul qiladi.
Liverpul jamoasi, Stiven Jerrard, Arne Slot, APL turniri, Futbol natijalari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar