16:44 / 21.12.2025
9 792
Alessandro Bastoni faoliyatini Milanning «Inter»ida davom ettiradi

Milanning «Inter» klubi markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni jamoani tark etishni rejalashtirmayotgani aytilmoqda. TEAMtalk xabariga ko'ra, futbolchi «Inter»dagi o'rnidan mamnun va yirik Yevropa klublari qiziqishiga qaramay, hozircha klubini o'zgartirish niyatida emas.
Manbada qayd etilishicha, Bastonini jamoasini almashtirishga ko'ndira olishi mumkin bo'lgan kam sonli variantlardan biri «Manchester Siti» bo'lib qolmoqda. Joriy mavsumda 26 yoshli himoyachi barcha turnirlarda 20 uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Bastonining bozor qiymati 80 million yevroni tashkil etadi.
Inter klubi, Alessandro Bastoni, Manchester Siti, Markaziy himoyachi, Yevropa klublari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 8-sentabrdan 9-oktyabrgacha bosqichma-bosqich sovuq ichimlik suvi o‘chirib qo‘yiladi
APLning eng qimmat futbolchilari jamoasi tuzildi
Vinisius ketishi mumkin, "Yunayted" 150 mln yevrolik taklif tayyorlamoqda
Fabio Kannavaro futboli haqida 5 mulohaza
Chelsi va Bavariya Lukeba uchun kurashmoqda