19:36 / 21.12.2025
1 642

Mbappe Ronalduning rekordini takrorladi, portugaliyalik munosabat bildirdi


Kil'yan Mbappe “Real” safida bir kalendar yilida urilgan gollar bo'yicha Krishtianu Ronalduning rekordini takrorladi. Fransiyalik futbolchi “Sevilya” darvozasiga gol urgach, uni portugaliyalik yulduz uslubida nishonladi.

Mbappening ijtimoiy tarmoqdagi postiga izohlarda shaxsan Ronaldu ham munosabat bildirib, Kil'yanning yutug'ini hurmat qilishini anglatdi. Krishtianu hech qanday so'z yozmadi, biroq ikki belgi — qo'llarini yuqoriga ko'targan va olov ramzlarini qoldirdi.

Krishtianu Ronaldu “Real”da 2009–2018 yillarda to'p surgan. Hozir 40 yoshli portugaliyalik Saudiya Arabistonida “Al-Nasr” jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

La Ligada “Real” peshqadam “Barselona”dan bir ochko ortda bormoqda. Bunda kataloniyaliklar tur doirasidagi uchrashuvini hali o'tkazmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing