
PSJ darvozaboni Matvey Safonov Telegram kanalida hazilomuz post joyladi. Futbolchi supurgida tushgan suratini ulashib, Garri Potter kitoblari va filmlarida tasvirlangan uydirma o'yin — kviddichni eslatdi.
Safonovning aytishicha, PSJ bilan tuzilgan shartnomasida kviddich bilan shug'ullanishni taqiqlovchi band yo'q. «Shartnomani ko'zdan kechirdim.
Taqiqlangan ekstremal sport turlari ro'yxatida kviddich haqida band topmadim. Shu “bo'shliq”dan foydalanaman», — deb yozdi u.
Avvalroq PSJ Matvey Safonov Qit'alararo kubok finalida sinish jarohati olgani haqida xabar bergandi. Rossiyalik futbolchining holati yanvar oyida, taxminan 3–4 haftadan so'ng qayta baholanadi.
Matvey Safonov, PSJ klubi, Kviddich o'yini, Ekstremal sport, Qit'alararo kubok
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar