00:24 / 19.12.2025
2 613
Vladimir But Safonovning finaldagi o'yinini yuqori baholadi

Sobiq futbolchi Vladimir But rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning so'nggi o'yiniga baho berdi. Safonov Qit'alararo kubok finalida «Flamengo»ga qarshi bahsdan keyingi penaltilar seriyasida to'rtta zarbani qaytardi va «PSJ» g'alaba qozondi.
But «Match TV»ga bergan izohida Safonovning o'yinini alohida e'tirof etdi: «Qit'alararo kubok finalida Safonov ajoyib o'yin ko'rsatdi. Matvey uchun juda xursandman.
Fransiyada u haqda barcha gazetalar yozayotgani ham bejiz emas, tomosha haqiqatan fantastik bo'ldi». Ayni paytda Vladimir But Novorossiyskning «Chernomorets» klubida sport direktori lavozimida ishlaydi.
Matvey Safonov «PSJ» safida bir yarim yil ichida olti trofeyni qo'lga kiritdi: uchtasi Fransiya ichki musobaqalarida, yana uchtasi xalqaro turnirlarda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar