23:59 / 20.12.2025
2 270
Syomin Kerjakov va Dzyubani Rossiya terma jamoasiga chaqirishni yoqladi

Taniqli murabbiy Yuriy Syomin sobiq "Zenit" futbolchisi Andrey Arshavinning Rossiya terma jamoasiga Aleksandr Kerjakov va Artyom Dzyubani chaqirish haqidagi taklifiga munosabat bildirdi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA Rossiya terma jamoasining gollaridan birini Kerjakov nomiga qayta rasmiylashtirishni tavsiya qilgandi.
Agar bu qaror tasdiqlansa, u milliy jamoa safida urilgan gollar soni bo‘yicha yana Dzyuba bilan tenglashadi. Syomin Arshavinning fikrini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytdi: "Arshavinning g‘oyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman.
Ikkalasi ham terma jamoa safida o‘ynashi kerak. Kim gol ursa, o‘sha g‘olib bo‘ladi", deya uning so‘zlarini "Sport-Ekspress" nashri keltirdi.
Rossiya terma jamoasi so‘nggi ikki o‘rtoqlik uchrashuvida Peru va Chilini mag‘lub eta olmadi. Jamoa navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinlarini 2026 yil mart oyida o‘tkazishi kerak.
Yuriy Syomin, Rossiya terma, Andrey Arshavin, Aleksandr Kerjakov, O'rtoqlik o'yinlari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar