03:08 / 19.12.2025
1 637
Flamengo direktori Vinisius Junior qaytishini muqarrar dedi

«Flamengo»ning texnik direktori Joze Boto Vinisius Juniarning kelajakda ona klubiga qaytishini muqarrar deb hisoblaydi. Braziliyalik hujumchi faoliyatini «qizil-qoralar» safida boshlagan, 2018 yilda esa Madridning «Real» klubiga o‘tgan.
«Flamengo»dan o‘tgan har bir inson bu joyga bo‘lgan muhabbat va mehrni butun umr saqlab qoladi. Shunday vaqt keladiki, Vinisius klubga qaytishni istaydi», — deya Boto so‘zlarini ESPN keltirdi.
Vinisius Juniarning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Mish-mishlarga ko‘ra, «qaymoqranglilar» 25 yoshli futbolchi bilan yangi bitim shartlari bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti, shu sabab uning kelajagi hanuz noaniq qolmoqda.
Joze Boto, Vinisius Junior, Flamengo klubi, Real Madrid, Braziliyalik hujumchi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoylik olimlardan qarishni to‘xtatish formulasi: endi 150 yoshgacha yashash mumkin
Kelajakni o‘zgartiruvchi sun’iy idrok: uning insoniyatga foyda-ziyoni nimada?
Vinisius va "Real Madrid" kelishuvni uzaytirishga yaqinlashdi
150 yil yashash imkonini beruvchi dori
Vinisius "Real"ni tark etadimi? Klub qaror qildi