00:34 / 19.12.2025
2 400
Saudiya 2034 yilgi Jahon chempionati xarajatlarini qisqartiradi

Saudiya Arabistoni hukumati 2034 yilgi futbol bo'yicha Jahon chempionatini tashkil etish rejalari bo'yicha ayrim o'zgarishlar kiritishi mumkin. The Guardian xabariga ko'ra, neft narxlarining pasayishi va buning ortidan Saudiya Davlat investitsiyalari jamg'armasi daromadlarining qisqarishi yangi stadionlar qurilishi bo'yicha loyihalarni qayta ko'rib chiqish zaruratini yuzaga keltirdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, stadionlar bo'yicha arxitektorlar taqdim etgan hozirgi takliflar haddan tashqari qimmat deb topilgan. Shu sababli ulardan loyihalarni qayta topshirish talab qilinadi.
Xarajatlarni kamaytirish doirasida ayrim innovatsion yechimlardan voz kechish rejalashtirilgan: jumladan, surilma tomlar hamda murakkab konditsioner va iqlimni boshqarish tizimlari qisqartirilishi mumkin. Byudjetning kamayishi o'yinlar o'tkaziladigan shaharlarga doir tanlovga ham ta'sir ko'rsatishi ehtimol.
Dastlab uchrashuvlar mamlakat bo'ylab bir qator shaharlarda o'tkazilishi ko'zda tutilgan edi. Hozir esa zarur infratuzilmaning bir qismi allaqachon mavjud bo'lgan hududlarda o'yinlarning katta qismini jamlash varianti ko'rib chiqilmoqda.
Saudiya Arabistoni, Jahon chempionati, Davlat investitsiyalari, Stadion loyihalari, Xarajatlarni kamaytirish
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fabio Kannavaro futboli haqida 5 mulohaza
Serbiyada Tramp kuyovining qurilish rejasiga qarshi minglab odam chiqdi
Muhokama va savollarsiz. Deputatlar davlat organlari xarajatlarini deyarli 10 trln so‘mga ko‘paytirishni ma’qulladilar
Kapital bozori va bank tizimida yangi bosqich
Cop30da neft va gazdan voz kechish masalasi qoldirildi