15:37 / 18.12.2025
1 919

Sevinch Ismoilova 1 kunlik konsert sanasini ma'lum qildi

Xonanda Sevinch Ismoilova o‘zining Instagram sahifasi orqali navbatdagi yakkaxon konsert sanasini ma’lum qildi. U 17 yanvar kuni Toshkent shahridagi Xalqlar Do‘stligi saroyida sahnaga chiqishini rasman e’lon qildi.

San’atkor ushbu xabarni muxlislari bilan bo‘lishar ekan, post ostida shunday yozdi:

— «17 yanvar kuni Xalqlar Do‘stligi saroyida siz, sevimli muxlislarim bilan birga kuylaymiz».

Mazkur e’lon qisqa fursatda muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari xonandaga omad tilab, konsertni intiqlik bilan kutayotganliklarini bildirgan iliq va samimiy izohlar qoldirishdi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing