06:01 / 18.12.2025
17 811

Niklas Fyulkrugning Milan klubiga o‘tish shartlari ma’lum bo‘ldi


Niklas Fyulkrug yaqin orada "Vest Hem"ni tark etib, "Milan"ga ko‘chib o‘tishi mumkin. La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, tomonlar kelishuvning yakuniy tafsilotlarini kelishib olish arafasida.

Manbaga ko‘ra, bitimning asosiy ko‘rinishi sotib olish huquqi bilan ijara bo‘ladi. Sotib olish summasi 13–15 million yevro atrofida baholanmoqda.

Shu bilan birga, "Vest Hem" bu band majburiy xarid sharti sifatida rasmiylashtirilishini istamoqda. 32 yoshli hujumchi esa "Milan" futbolchisiga aylanishga qiziqish bildirmoqda.

Ayni paytda "Milan" Italiya chempionatida 15 turdan so‘ng ikkinchi o‘rinda bormoqda. Massimiliano Allegri jamoasi peshqadam "Inter"dan atigi bir ochko ortda qolmoqda.

Niklas Fyulkrug, Vest Hem, Milan klubi, Italiya chempionati, Sotib olish
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing