
“Manchester Yunayted”ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorim faoliyatiga munosabat bildirdi. Portugaliyalik mutaxassis o‘tgan yil noyabridan beri lavozimda ishlamoqda, biroq jamoa hanuz barqaror o‘yin ko‘rsata olmayapti.
Ferdinandning fikricha, muxlislar ko‘pincha sabrsizlik qiladi va natijani darhol ko‘rishni xohlaydi. U “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta misolini keltirib, jamoa taraqqiyotga erishishi uchun vaqt zarurligini ta’kidladi.
“Arteta ‘Arsenal’da besh-olti yildan beri ishlayapti. Ular hali ham Premyer-ligani yutishmadi, lekin sezilarli o‘sishga erishdi.
Bu nimanidir qurish uchun vaqt kerakligini ko‘rsatadi. Shuning uchun men Amorimga ham vaqt berishimiz zarur, deb hisoblayman”, — deya Ferdinandning so‘zlarini UtdDistrict keltirdi.
16 turdan so‘ng “qizil iblislar” Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 26 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.
Manchester Yunayted, Rio Ferdinand, Ruben Amorim, Angliya Premyer-ligasi, Mikel Arteta
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing