05:29 / 18.12.2025
6 953
Radimov: Luis Enrike Safonov va Shevalye orasida tanlov qilishi kerak

“Zenit”ning sobiq yarim himoyachisi Vladislav Radimov Matvey Safonov FIFA Qit'alararo kubogi finalidagi g'alabadan so'ng “PSJ”ning asosiy darvozaboniga aylanishi kerakligini aytdi. Safonov “Flamengo” futbolchilariga qarshi o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida to‘rtta zarbani qaytardi va parijliklarga yil davomida oltinchi sovrinni olib berdi.
Uchrashuvdan keyin “PSJ” bosh murabbiyi Luis Enrikedan Safonov endi jamoaning birinchi raqamli posboni bo‘ladimi, deb so‘rashdi. Biroq ispaniyalik mutaxassis bu savolga aniq javob berishdan qochdi.
“Murabbiy o‘ylab ko‘rishi kerak: Shevalye o‘ynaydimi yoki Safonov. Mening fikrimcha, birinchi raqam Safonov.
Bu o‘ziga ishonch bildirilmayapti, deb nolishga urinadiganlar uchun ham yaqqol saboq”, dedi Radimov “Match TV” efirida. Avvalroq shunga yaqin fikrni Andrey Arshavin va Roman Berezovskiy ham bildirgan edi.
Matvey Safonov, FIFA Qit'alararo, PSJ jamoasi, Luis Enrike, Vladislav Radimov
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Muhokama va savollarsiz. Deputatlar davlat organlari xarajatlarini deyarli 10 trln so‘mga ko‘paytirishni ma’qulladilar
Safonov qahramon, PSJ qit’alararo kubokni qo‘lga kiritdi
Radimov va Arshavin Safonovning kelajagini muhokama qildi
Fabio Kannavaro futboli haqida 5 mulohaza
Luis Enrike Safonovning asosiy darvozabon bo‘lishiga izoh bermadi