
Kataloniyaning Barselona klubi hujumchisi Robert Levandovski MLSda faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Marek Yozvyak xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 37 yoshli polshalik to'purarni hozirda Lionel Messi to'p surayotgan Inter Mayami klubi o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda. Levandovskining Florida jamoasiga transferi bo'yicha kelishuv kelasi yil yozida rasmiylashtirilishi mumkin.
Robert Levandovski 2022 yil yozidan beri Barselona safida o'ynamoqda. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma 2025/2026 yilgi mavsum yakunida tugaydi.
Futbolchining transfer qiymati 9 million yevroga baholanmoqda.
Robert Levandovski, Barselona klubi, Lionel Messi, Inter Mayami, Futbol transferi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar