14:02 / 17.12.2025
36 673
Flamenogo murabbiyi PSJ hujumini to'xtatish rejasini aytdi

Braziliyaning «Flamenogo» klubi bosh murabbiyi Filipe Luis Klublar o'rtasidagi Qit'alararo kubokning hal qiluvchi uchrashuvi oldidan jurnalistlar bilan suhbatlashdi. «Flamenogo» 17-dekabr kuni Qatarda Fransiyaning «PSJ» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Murabbiy so'zlariga ko'ra, jamoa o'yinga tarkib muammolarisiz yaqinlashmoqda. Yaqinda olingan jarohatdan forvard Pedro to'liq tiklangan.
«Pedro safda, butun guruh ixtiyorimizda. Mavsumdagi so'nggi bo'ladigan bu buyuk lahzaga hamma tayyor», — deya Filipe Luisning so'zlarini The Peninsula nashri keltirdi.
Shuningdek, u raqib kuchi haqida ham to'xtaldi: «Biz amaldagi Chempionlar ligasi g'olibi, dunyoning eng yaxshi jamoasi va eng yaxshi murabbiyi bilan o'ynaymiz. Biz mukammal o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz, g'alaba qozonish uchun yagona imkoniyatimiz shu».
Filipe Luis «PSJ»ning yulduzlariga alohida e'tibor qaratish emas, jamoaviy himoya asosiy mezon bo'lishini ta'kidladi: «Biz alohida futbolchilarga qarshi emas, jamoaga qarshi himoyalanamiz. Parijliklarning hujumini neytrallash uchun bizda yetarli qurol bo'lishiga shubha qilmayman».
Uchrashuv Moskva vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.
Filipe Luis, Flamenogo klubi, Qit'alararo kubok, Chempionlar ligasi, PSJ jamoasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar