04:06 / 16.12.2025
12 034

Amorim «Bornmut»ga qarshi o'yin taktikasini to'g'ri deb bildi


«Manchester Yunayted» APLning 16-turida «Bornmut»ga qarshi o'yinda ochko yo'qotishini noto'g'ri taktika bilan bog'lamaydi. Bosh murabbiy Ruben Amorim jurnalistlar bilan suhbatda natijaga o'yin davomida yuzaga kelgan mayda epizodlar ta'sir qilganini ta'kidladi.

Portugaliyalik mutaxassisning so'zlariga ko'ra, gap to'rt, uch yoki besh himoyachi bilan o'ynashda emas, balki tafsilotlar va o'yin oqimini to'g'ri anglashda. U jamoa sovuqqonroq bo'lishi va yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanishi zarurligini qayd etdi.

Amorim «Manchester Yunayted» yetarlicha golli imkoniyatlar yaratganini, biroq g'alaba uchun bu yetarli bo'lmaganini ham qo'shimcha qildi. Eslatib o'tamiz, uchrashuv 4:4 hisobida yakunlandi.

Avvalroq Amorim jamoasi bunday o'yinlarni g'alaba bilan yakunlashni o'rganishi kerakligini aytgandi.
Manchester Yunayted, Ruben Amorim, APL turi, Taktik xatolar, Golli imkoniyatlar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing