19:17 / 15.12.2025
17 547

Roma Dibala bilan xayrlashmoqchi bo'lishining ikki sababi aytildi


La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, “Roma” rahbariyati argentinalik hujumchi Paulo Dibalani tarkibda saqlab qolish borasida ikkilanmoqda. Manbada qayd etilishicha, klub futbolchining tez-tez jarohat olishi va Jang Piero Gasperini talab qiladigan uslubda gol hamda assistlar bo'yicha kutilgan darajani bera olmayotganidan norozi.

Joriy mavsumda Dibalaning hisobida bor-yo'g'i uchta golga bevosita hissa bor: ikki gol va bitta golli uzatma. Dibala “Roma”ga 2022 yil yozida kelib qo'shilgan.

Shundan buyon u rimliklar safida birorta ham sovrin yutmagan. Umuman olganda, poytaxt klubi qariyb yigirma yildan beri muxlislarini katta yutuqlar bilan tez-tez quvontirib kelmayapti.

Paulo Dibala, Roma klubi, Argentinalik hujumchi, Jang Piero Gasperini, Yigirma yil
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing