
22 yoshli qozonlik tennischi Polina Kudermetova xalqaro maydonda O'zbekistonni himoya qiladi. Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) rasmiy saytida uning profilidagi bayroq o'zbek bayrog'iga o'zgardi.
Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) reytingida Kudermetova 104-o'rinni egallab turibdi. U avval Rossiya sharafini himoya qilgan bo'lsa, endi ITF va WTA turnirlarida o'zbek bayrog'i ostida ishtirok etadi.
Kudermetovaning bu qarori so'nggi bir oy ichida rossiyalik tennischilar orasida uchinchi shunday holat bo'ldi. Bungacha Kamilla Rahimova ham sport fuqaroligini o'zgartirib, O'zbekiston sharafini himoya qilishga qaror qilgan edi.
Shuningdek, Anastasiya Potapova esa Avstriya terma jamoasiga o'tganini e'lon qilgandi.
Polina Kudermetova, Xalqaro tennis, O'zbekiston bayrog'i, Ayollar tennis, Kamilla Rahimova
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar