06:12 / 14.12.2025
3 866

Saka: Ba'zan omad bo'lmasa, g'alaba ham bo'lmaydi


Londonning "Arsenal" klubi futbolchisi Bukayo Saka APLning navbatdagi turida "Vulverhempton" ustidan 2:1 hisobidagi g'alabadan keyin fikr bildirdi. Uchrashuv "kanonirlar" uchun kutilganidan ancha og'ir kechdi.

APLning eng past o'rinlarida borayotgan raqibga qarshi uy o'yinida "Arsenal" ikki bor avtogol evaziga g'alabani ilib ketdi. Mehmonlar 90-daqiqada hisobni tenglashtirgan bo'lsa, 94-daqiqada navbatdagi avtogol o'yin taqdirini hal qildi.

"Ba'zan omadsiz hech narsa bo'lmaydi. Bugun hammasi bizning foydamizga hal bo'ldi, endi oldinga yurib, ochkolarni yig'ishda davom etishimiz kerak.

May oyigacha bugungi g'alabaning qanchalik qimmatga tushganini bilmaymiz, ammo hozir, unchalik ishonchli o'yin ko'rsatmagan bo'lsak-da, xursandmiz", dedi TNT Sports bilan suhbatda uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Saka. "Arsenal" APL turnir jadvalida 36 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi.

Jamoa "Manchester Siti"ni 5 ochkoga ortda qoldirmoqda.
Arsenal klubi, Bukayo Saka, APL uchrashuvi, Turnir jadvali, Manchester Siti
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing