06:14 / 14.12.2025
3 895
Alonso «Real» hujumidagi barcha yulduzlarni biryo'la tushirmoqchi

Madridning «Real» jamoasi La Liganing navbatdagi turida safarda «Alaves»ga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda. Uchrashuv yakshanba kuni bo'lib o'tadi.
Ma'lumotlarga ko'ra, bu bahs bosh murabbiy Xabi Alonso uchun so'nggi o'yinga aylanishi ham mumkin — mutaxassis ishdan bo'shatilishi xavfi ostida. Diario AS nashrining yozishicha, ispaniyalik murabbiy tavakkal qilishga tayyor va bir vaqtning o'zida Kilian Mbappe, Vinisius Junior, Rodrigо hamda Jud Bellingemni asosiy tarkibda maydonga tushirishni rejalashtirmoqda.
O'yin Moskva vaqti bilan 23:00 da boshlanadi. Hozirda «qaymoqranglilar» turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda: yetakchi «Barselona»dan 7 ochko ortda, biroq madridliklarning bitta o'yini zaxirada.
Shanba kuni kataloniyaliklar «Osasuna»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.
Real Madrid, La Liga, Xabi Alonso, Kilian Mbappe, Vinisius Junior
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing