05:05 / 14.12.2025
3 294
Runi Fergyusonning Pirloga qarshi noodatiy ko'rsatmasini esladi

“Manchester Yunayted”ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi ser Aleks Fergyuson jamoani “Milan”ga qarshi o'yinga qanday hozirlaganini yodga oldi. Runi aytishicha, shotlandiyalik mutaxassis “rossoneri” yarimhimoyachisi Andrea Pirloning xavfini juda jiddiy baholagan va Pak Chi Sungga italiyalik futbolchini mahkam nazorat qilish vazifasini yuklagan.
“Men ‘Milan’ga qarshi o'yin oldidan Fergining yo'riqnomasini yaxshi eslayman. U Pakka so'zma-so'z shunday degan: ‘Bugun sening vazifang to'p bilan ishlash emas, pas berish ham emas.
Sening vazifang — Pirlo. Xolos — Pirlo’, — deya Runi so'zlarini Man United Media keltiradi.
2009/10 yilgi mavsumda “qizil iblislar” Chempionlar ligasining 1/8 finalida “Milan”ni ikki o'yin natijasiga ko'ra 7:2 hisobida mag'lub etgan.
Manchester Yunayted, Ueyn Runi, Aleks Fergyuson, Andrea Pirlo, Chempionlar ligasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar