O‘zbekiston shaxmatchilari Prezident sovrini uchun musobaqada muvaffaqiyat qozonishdi

Toshkentda 2025 yilning 3–12 dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun IV xalqaro shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur turnirga 16 davlatdan 354 nafar shaxmatchi qatnashdi. Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 80 000 AQSH dollarini tashkil etdi.
"Masters" guruhi
Ushbu guruhda Hindiston, Armaniston, Rossiya, Germaniya kabi davlatlarning yetakchi shaxmatchilari ishtirok etdi. O‘zbekistondan Shamsiddin Vohidov, Abdisalimov Abdimalik va Madaminov Muhiddin o‘z mahoratlarini ko‘rsatdi.
Yakuniy natijalar:
- 1-o‘rin — Nihal Sarin (Hindiston, 2701) — 7 ochko, 8 000 AQSH dollari
- 2-o‘rin — Madaminov Muhiddin (O‘zbekiston, 2552) — 5 ochko, 6 000 AQSH dollari
- 3-o‘rin — Vohidov Shamsiddin (O‘zbekiston, 2641) — 5 ochko, 5 000 AQSH dollari
"Open-A" guruhi
- 1-o‘rin — Abdilxayr Abilmansur (Qozog‘iston, 2378) — 7,5 ochko, 6 000 AQSH dollari
- 2-o‘rin — Nguyen Kvok-Xi (Vetnam, 2418) — 7 ochko, 4 000 AQSH dollari
- 3-o‘rin — Mahdavi Reza (Eron, 1942) — 7 ochko, 3 000 AQSH dollari
"Open-B" guruhi
- 1-o‘rin — Pardayev Sulton (O‘zbekiston, 1663) — 8 ochko, 3 000 AQSH dollari
- 2-o‘rin — Mamatsaloyev Shohjahon (O‘zbekiston, 1818) — 8 ochko, 2 000 AQSH dollari
- 3-o‘rin — Belov Andrey (FIDE, 1821) — 7,5 ochko, 1 500 AQSH dollari
Musobaqada O‘zbekiston shaxmatchilari g‘alabali natijalarga erishib, katta mukofotlar va e’tiroflarga sazovor bo‘lishdi. Ushbu yorqin natijalar, O‘zbekiston shaxmatining rivojlanishini yanada mustahkamlashga yordam beradi.